Obidxon Mamadaliyev
Yalla aytsin yangalar Navolarga to'ymaymiz Kel sevgilim ozgina Sevgi-sevgi o'ynaymiz Dunyoni biroz unut Anglaylik sevgi sirin Ertak-ertak o'ynaymiz Men Farhod-u, sen Shirin Kel o'ylanmay xo'p degin Muhabbatdan tirik yer Yurak-yurak o'ynaymiz Menga yuragingni ber Qara g'amlar orqada Yoningga eldek-yeldim Turmush-turmush o'ynaylik Qo'lingni so'rab keldim Kel-kelaqol parivash Qadamingni tezlatib Hola-hola o'ynaymiz Yoshlikni bir eslatib Kelda qanday orom bor Aytchi meni qo'ynashdan Faqat hudo asrasin O'lim-o'lim o'ynashdan * * * Meni kechir hech borolmadim , Mag'rur dilning zardasi qursin Oy yuzingni bir ko'rolmadim Derazangni pardasi qursin Yurak qulfin senga ochardim Istasang kir gullagan chaman Seni shartta olib qochardim Uyingdagi itdan qo'rqaman Jami hurlar bir yonga o'tsin Bir yonga o't, senga taraf yo'q Qosh ko'zingni gapirmay turay Chap yuzdagi holinga gap yo'q Shamol silar sunbul sochingni Hazonlar ham poyingda sarson Maysalarni yanchib yurardim Endi maysa ortida buj on To'kildim-u, to'la olmadim Mayli taqdir qandini ursin Oy yuzingni ko'ra olmadim Derazangni pardasi qursin * * * Salom meni ezilgan ko’nglim, Salom meni sevolmagan qiz O’rik pishib tagiga tushdi Meni hamon sevolmadingiz Salom hayot men yana qaytdim Faqat endi yuraksiz bo’lib Menga hamma kerak bo’lgan payt Qolmadimmi keraksiz bo’lib Dunyo mening yirtiq ko’ylagim Endi uni yechib tashlayman Bo’ldi odam bo’lib yashash yo’q Endi shoir bo’lib yashayman Balandparvoz gapdan bo’l yiroq O’ldim-kuydim barii dahmaza Bitta masum go’dak ko’zidan Bu dunyoga qarasang maza Umr asli daryoga o’xshar Insonmizda ketganmiz ko’nib Goh mavjlanib to’lqinlanamiz Goh qirg’oqda qolamiz tinib Men nolimay yashayman tangrim Lekin dilda biroz alam bor Bordan bori ota-onam va Bitta qog’oz bitta qalam bor Ko’nglimni-ku yozsa bo’ladi She`r yozishni qaeri xavas Shoirman deb kerilib ketib Har narsani yozish yaxshimas Lek bexato yashash shart do’stim Bu dunyoga kelmaymiz yana So’zlarimdan zeriktingizmi She`rim tamom ketyapman mana Hayr mening dushmanim dunyo Hayr meni sevolmagan qiz Xato qildim deysiz siz hali O’g’lingizga ismim qo’yasiz … Salom mening yangi adashim * * * Qo'y, meni siqaverma, Tushunginda, jon yurak! Shamdagi ufq misoli Endi qizil qon, yurak! Kuysang - Vatan ishqida, Yonsang - shunga yon yurak! Bevafoning ishqidan Aytgin o'zing, ne foyda?! Vatan unib chiqadi Vatan sevilgan joyda. Qiz sevganlar hijronda! Ishonmasang ko'r, mana! Oldiga bor: "Holing ne?” Deb o'zidan so'r, mana! O'z yurtini sevganlar Menga hamdam jo'r, mana! Sevgi-pevgi, oh-vohlar O'tib ketar befoyda! Vatan unib chiqadi Vatan sevilgan joyda. Men ham sevdim, dilimni Cho'g' ayladi qalamqosh. Sevaman deb yurakni Tog` ayladi qalamqosh. Ozgina mehrimni ham Yo'q ayladi qalamqosh. Endi yuzi oyda-yu, Sochi sharqiroq soyda!.. Vatan unib chiqadi Vatan sevilgan joyda. Kelajaging yo'q deya Va'da qilgan insonlar, Oy yuzingga o'tmishni Parda qilgan insonlar, Sen alamdan yig'lasang Handa qilgan insonlar, Qayda pisib yoturlar Ahvollari "Voy-voy”da! Vatan unib chiqadi Vatan sevilgan joyda. Boshimga g'am kelganda Parvonasan, jon elim! Endi dard-u alamga Begonasan, jon elim! Xudo bitta, sen ham bir, Yagonasan, jon elim! Xudoni sev, avvalo! Oxiratda zo'r foyda. Vatan unib chiqadi Vatan sevilgan joyda. Doim xizmatingga shay, Zobit bo'lib sevaman! So'zlarimga ahd tikib, Sobit bo'lib sevaman! Obidman, Obidingman Obid bo'lib sevaman! Sevgisiz o'tsa kuning, Yashaganing befoyda. Vatan unib chiqadi Vatan sevilgan joyda… * * * Dunyoda ko'p ekan nozik sanamlar Hurliqo emishlar dunyoning naqshi Nozik barmoqLarin o'pgandan ko'ra Ona…. oyog'ingiz o'pganim yaxshi Olloh nomingizni ulug' yaratmish Faqat o'zingizga dil to'kaman men Dunyoning nurlari poyimga kelsin Ona …..poyingizga tiz cho'kaman men Mehringiz yer sharin o'rab olganday Osmonlar kichkina, dunyo mitti-ku Go'zallar-lar so'zi ko'plikku axir Onam yagona-ku onam bitta-ku Sizning bag'ringizda go'dakdayman-a Qirq yoshda ham shunga moyil qolaman Onamning bol tomgan so'zlariga va Otamning didiga qoyil qolaman.
| |
Просмотров: 1352 | |