Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Вторник, 04.02.2025

Mahfuza Imomova
Tun negadir ko‘rinmay qoldi
Tunamoqda balki yo‘lakda.
Oy yorug‘lik ichra yo‘qoldi.
Quyosh chiqdi...
Shaffof ko‘ylakda.
Chapak chalib qo‘ydi chumchuqlar.
Har chechakka kirdi issiq jon.
Bahor keldi zaminni yo‘qlab,
Uch faslni qilgach imtihon.

* * *

Oqarmoqda osmonning ranggi,
Shitirlaydi...
Daraxtlar yupun.
Tush ko‘rarman, men bugun yangi,
Eskilarin unutmoq uchun.

Oqarmoqda oqshomning ranggi,
Bardoshimni sinar sukunat.
Chorlayapman latif bir tongni,
Qizg‘aldoqlar bargida tunab.

Oqarmoqda xira kunlarim,
Iztiroblar, endi xayru xo‘sh.
Sen ketarsan umrimdan nari,
Men ketarman ko‘rgali bir tush.

Ishq ketmaydi bizlardan faqat...

* * *

Borar yo‘lim aniq.
Borar yo‘lim chin...
Ketyapman...
Atrofda bir uyum xazon.
Ortimdan ergashib kelyapsan nechun?
Men senga bog‘lanib ulgurdim qachon?
Baribir ketyapman...
Yuragim og‘rib...
Ko‘zlaring tubiga bo‘lmoqdaman g‘arq.
O‘rtada bepoyon masofa bordir.
Kattadir azizim, o‘rtamizda farq.
Oh, chalg‘ib ketyapman...
Orzularimdan..
Menga azob berar bu ayri dunyo.
Muhabbat, oxirgi so‘zni o‘zing ayt
Ketaymi,
Ketaymi,
Qolayinmi yo?!


TONG

Og‘riq berar bu kech  jarohat,
Ko‘zlarim  liq sog‘inchga to‘lgan.
Sen ham meni kuttirma faqat,
Sen ham barvaqt turishni o‘rgan!
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (29.12.2013)
Просмотров: 1195 | Рейтинг: 0.0/0