O’ZIM
Har ne istarsang, o‘zingdan istagil... Alisher Navoiy O’zim qo‘shin tortaman har kun o‘zimga qarshi, O’zim lashkarboshiman, o‘zim - sipoh-u g'anim. O’zimni asir aylab, o‘zim silkiyman qamchi, O’zimdan kelar dam-dam o‘zimga qayg'u-g'amim. Mehr-shafqat topilmas... Bormikan biron imdod?! To‘rt tomonga termulib telbavor toldi ko‘zim. Ayting, qachon kelarkan? Kelarmi o‘zi, hayhot, Meni bu balolardan xalos etguvchi O’zim!? | |
Просмотров: 4286 | |