Mahmud Koshg
MAQOLLAR «Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur» («Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa qo‘tir bo‘ladi»). Mahmud Koshg‘ariy izohlashicha, «bu maqol o‘z elini, urug‘ini va mamlakatini yomonlovchilarga qarata aytiladi». * * * «Erik erpi yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘» («Tirishqoqning labi yog‘lik, erinchoqning boshi qonlik»). Bu maqol yalqovlikni tashlashga, g‘ayrat bilan ishlashga undab aytiladi. * * * «Suv ichirmasga sut ber». U senga yomonlik qilganga ham yaxshilik qil, degan ma’noda ishlatiladi. * * * «O’kuz azaqi bo‘lg‘incha, buzag‘u bashi bo‘lsa yik» («Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq»). U «mustaqillik bo‘ysunishdan yaxshi» degan ma’noda qo‘llanadi. * * * «Tavg‘ach xanning to‘rqusi telim, tenglamazib bichmas» («Qoraxitoy) xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi»). Bu maqol ishni boshida puxta o‘ylab qilishga undab, isrofgarchilikka qarshi aytilgan. * * * «Uma kelsa, qut kelar» («Mehmon kelsa qut kelar»). Bunda «senga mehmon kelsa, u bilan birga baraka, qut-baxt keladi, qo‘noqni yaxshi qarshi oladilar, malol olmaydilar» degan fikr ilgari surilgan. * * * «Qiz kishi savi yo‘rig‘li bo‘lmas» («Baxil odam obro‘ topmaydi»). Bu maqol odamlarni yaxshi nom chiqarish, saxiy bo‘lish uchun undab aytiladi. * * * «Erdam bashi til» («Odobning boshi til») . * * * «Tilin tug‘mishin tishin yazmas» («Til bilan tug‘ilganni, tish bilan yechib bo‘lmas») BAYTLAR Olim kishi so‘zidan olgil o‘git, Yaxshi so‘zlar ta’siri dilga singar. * * * Olim kishini ezgu tutib so‘zin eshit, Hunarini o‘rganibon amal qilg‘il. * * * Qush ov ko‘rsa yuksaklardan pastga tushar, Olim kishi o‘git bersa, darhol uqar. * * * Olimlarga yaqinlash, bahra olgil tutib dil. * * * Qo‘ni-qo‘shni, qarindosh, Ko‘rsin sevdan yaxshilik. * * * Kelsa birov yo‘qlanib, Bergil yaxshi ozuq, non. Qarg‘ab ketar mehmonlar, O’tar bo‘lsang gar yomon. * * * Undab ulug‘ chaqirsa, Tezlik bilan chopib kel, Ochlikda birga bo‘lgil, Ne holda bo‘lsa yurt, el * * * Yashirin tutilgan sevgi Ayrilgan kun bilinar. Og‘riq ko‘zni berkitma, Yoshi oshkora qilar. * * * Kulsa kishi yuzingga, Ko‘rklik bo‘lib ko‘ringil. Shirin, ochiq so‘z so‘yla, Yoqmoq uchun uringil. * * * Ulug‘lig‘ing oshsa xushxulq bo‘lgil. * * * Yomonlikka otlanma, Tildan chiqar ezgu so‘z. * * * Baxil mezbon mehmonni o‘g‘ri ko‘rar, Berganini minnat qilib yuzga urar. * * * Mehmon kelsa o‘tqazgil, Hordiq olib tinch bo‘lsin. Oti ham yorug‘likda Arpa, somonga tuysin. * * * Ilm, hikmat o‘rgangin, bo‘lma mag‘rur, Maqtanchoqni sharmandasi chiqdi, ko‘r. * * * Kelsa agar xonang uzra g‘arib mehmon, Bor narsangni oldiga quy, bo‘l mehribon. * * * Qo‘ldoshingni hurmat qil, O’zgalarga yuzlanma. Boqolmasang tovug‘ing, Qush boqay, deb so‘zlanma. * * * Ketgan molga achinma, Unga ozroq o‘kingil. * * * Eshitib ota-onaning So‘zlarini qadrla. Molu mulking ko‘paysa, Mag‘rurlanib quturma. * * * Ish boshlashda hovliqmay, diqqatla boq Chaqmoqtoshni shoshib chaqsang o‘char chiroq. * * * Mashaqqatsiz hayot yo‘q bunda aslo, Ezgulikni kurmasdan umr bitar. * * * Ko‘rklik to‘ning o‘zingga, Totlig‘ oshing o‘zingga. Qo‘noqqa ko‘rgiz izzat, Yoysin sha’ning uzoqqa. * * * Boqmas jahon sovuq so‘z, Shilqim, yuzsiz baxilga, Yoqimli bo‘l, xushxulq bo‘l, Qolsin noming ko‘p yilga.
| |
Просмотров: 1128 | |