Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Вторник, 03.12.2024

Haydar Xorazmiy (XIV
«GULSHAN UL-ASROR»DAN

Umr chu qat’ etti adam manzili,
So‘zga raqam urdi qalamning tili.

So‘z guhari bilguchi sarrofi roz,
Bo‘ldi bilig nat’ida mansubi boz.

Jilva qilib so‘z nasaqi ichra zavq,
Shavqu talab bo‘yni uza soldi tavq.

Ishq bu hangomada urdi nido,
G‘aybu shahodatqa yoyildi sado.

Ilmu mahal tobtiyu, qildi zuhur,
Shu’la urib partavidin soldi nur.

Qut ichida nekim erdi nihon,
Barcha bu qudrat bila bo‘ldi ayon.

Soldi adad soyai taxrorini,
Sifrg‘a topshurdi o‘z izhorini.

Bo‘ldi adad snfr o‘ti lomii,
Sifr bo‘lib jifr evining jomii.

Nuqta bilan nuqta topib imtizoj,
Qo‘ydi alif farqina shohona toj.

Tushgach alif qomatining soyasi,
Topti ham-ul soyani hamsoyasi.

Toj alif, nuqta alif zillini,
Ismi alif lom alif ma’nini.

Bo‘ldi bu bir nuqta muammoyi g‘ayb,
Nuqta nekim nuqtai tug‘royi g‘ayb.

Nuqta bo‘lib harfqa sifrul xitob,
Harf bo‘lib nuqtag‘a ummul-kitob.

Abjadi ta’rif qilib izdivoj,
Ma’rifat arqomina berdi rivoj.

Ayladi imlo nazari ko‘zga ko‘z,
Doira birla ulonib so‘zga so‘z.

Ulfat ila bega ulandi alif,
Vuqu’sidin qofiya topti radif.

Maxzani asror bu ramz erdi, bil,
Notiqa bu ko‘zgudin o‘rgandi til.

Mundin uloshildi murattab tomom
Sifr safi ushbu durur vassalom.

Oqil muni ilmu odam dedi,
Barcha uluq ismdin a’zam dedi.

Oqil agar so‘z bila so‘zni yopar,
Orif o‘shul so‘zda o‘zini topar.

Ulki bilur so‘z guhari qiymatin,
So‘zda topar so‘zlaguvchining otin.

Ahli nazar shevasini so‘z bilur,
Nuri basar mevasini ko‘z bilur.

So‘z ko‘zidur ulki ko‘rar holni,
O‘z so‘zidur ulki so‘rar qolni.

So‘zda ko‘zu so‘zlaguchida nazar,
Yo‘q esa so‘z ko‘zlaguchida xabar.

Zohiru botin xabari so‘zdadur,
O‘zgada yo‘q, har neki bor o‘zdadur.

Ul kishikim topmadi so‘z ganjini,
Qildi habou hadar o‘z ranjini.

Kimki nazar manzaridin yumdi ko‘z,
Qo‘ymadi meros o‘zidin g‘ayri so‘z.

Umri garonmoya chu bo‘lg‘ay talaf,
So‘z durur so‘z dunyoda qolg‘ay xalaf.


MUSANNIFNING VASFUL-HOLI

Bir kecha g‘am birla edim hamnafas,
Munisu damsozim ul erdiyu bas.

Ko‘z yoshidin boda, bag‘irdin kabob,
Durdi dilim nuqlu fig‘onim — rubob.

Qaydag‘i andeshalarim jo‘sh urub,
Bir yo‘li boshdan-ayoq og‘o‘sh urub.

Ohi jigarso‘z sunub dasti zo‘r,
Nolai dilso‘z qilib sharri sho‘r.

Siyna pur az dardu balo xonidin,
Ser bo‘lib o‘z yuraki qonidin.

Dard sepib eski jarohatg‘a tuz,
Sho‘rishu sho‘robasi tinmay hanuz.

Sham’ sifatlik yurakim shu’lazan,
Dud — boshimda, oyoqimda — lagan.

Jon tilamay bir yo‘li tan sihhatin,
O‘ylaki tan go‘ru kafan suhbatin.

Ko‘zuma keng dunyo bo‘lib tangu tor,
Ro‘zi qiyomatni ko‘rib oshkor.

Har damu har lahza bir o‘tqa yonib,
G‘oyati yo‘q otash bila o‘rtanib.

O‘t ichida qaqnusi bechoravor,
Nolai jonso‘z tuzib sad hazor.

Har nafasohang qilib bir navo,
Dunyoda har lahza solib yuz sado.

Umr o‘tub ko‘rmayin uyquda tush,
Nolalarimdin uyumay qurtu qush.

Charxi falak tashna bo‘lib qonima,
Dunyai dun qasd qilib jonim-a.

Sabr bynosini bakulliy buzub,
Hosili yo‘q umrdin ummid uzub.

Toyiri andesha urub bolu par,
Fikr ayoqi birla kezib xushku tar.

Goh malak avjida tayron etib,
Goh falvk burjida sayron etib.

Goh tilab dardi dilima davo,
Goh so‘rub ranju g‘amima shifo.

Men bu dam tosa bilan tamsanib,
G‘ayrat achiq ustida berdi nahib.

Necha bu besabrliq, ey nosabur,
Er kerak emgak bila tobsa huzur.

Bandu balo dunyoda erga tushar,
Muncha balo er kishiga ne bo‘shar.

Er esang erdek yuraging tishlagin,
Kechgan eranlarning ishin ushlagin.

Tut g‘amu mehnat bila ko‘nglungni xush,
Oqil esang marhamu darmoning ush!

Omi sifat bo‘lma farog‘atparast,
Xas bikin bo‘l oyoq ostinda past.

Sabr ila Ayyubqa hamdast bo‘l,
Jura’sining sarqutidin mast bo‘l.

Sidq namozin qilur ersang ado,
Yusufi Siddiqqa qil iqtido.

Ahlu balo silsilasindin naxust,
Masnading asbobini qilg‘il durust.

Gar yuraging sust esa, me’dang zaif,
Bo‘lma san ul shevalik elga harif.

Ma’nisi yo‘q lofni qo‘y, ey fuzul,
Raqsga shoyista degul beusul.

Qissa uzun qilma, ko‘tarma alam,
Tort bu da’vi raqaming‘a qalam.

Zarra kimu kunga havodorliq,
Sen kimu ul durga sazovorliq.

Loyiq emassen bu sharaf burjina,
Mushtari bo‘lma bu guhar durjina.

Moya qani kim tilasang sudini,
Bilsang ishing g‘oyati behbudini.

Yo‘lg‘a qadam qo‘ymaki, begonasen,
Silsila tebratmaki, devonasen.

Chunki eshittim bu buzurgona so‘z,
Tushti vujudimg‘a bir o‘t o‘zdin-o‘z.

Telbaligim tutti dimog‘im yo‘lin,
To‘lg‘adi bu nag‘ma qulog‘im yo‘lin.

Tortti avval poyai hushyorliq,
Jon ko‘zina surmai bedorliq.

Atsa urib notiqa musta’jali,
«Yarhakamaolloh»,— dedi jon tili.

Bosh chiqarib ishq ko‘ngul jaybidin,
Boshladi so‘z nusxai loraybidin.

Zavqu havas tilga ravonliq berib,
So‘z damina ruh fishonliq berib.

Garchiki andisha otin surdi raxsh,
Fikr bu tarkibga bog‘ladi naqsh.

Arodakim tushti bu gulbong tez,
Notiqa «labbayk» urib qildi xez.

Ma’nii bikr oldi yuzindin niqob,
Jilva qila boshladi xush behijob.

Jomi sabuhiy qilibon raf’ sharm,
Soqiyi g‘ayb ayladi hangoma garm.

Tushti harobat ichida hoyu ho‘y,
Soldi mening ko‘ngluma bu guftugo‘y.

Men tag‘i mastona chog‘im chog‘ladim,
So‘z yuzin ochtimu belim bog‘ladim.

Yoydim ulus ichra bu jomi safo,
Ikki jahon xalqina urdum salo.

Kimgaki bor ishtahi, ettim halol,
Qursogina tushti bu jomi zulol.

Hazm qilo bilmasa ko‘b yemasun,
Kuch bila halvoni achchiq demasun.

Menki bu niyat bila urdum qadam,
Jon tamuri uchini qildum qalam.

Xos ko‘ngul naqdidur ushbu ramuz,
G‘avsda ko‘rsatma guharni ujuz.

Aql tengiz erdiyu andisha — kon,
O‘rtasida gavhari ma’ni nihon.

Jon tishi birla qozib ul konni,
Qildim o‘zum g‘avs bu Ummonni.

Ul kishi qo‘yg‘ay chu Nizomiy bu ganj,
Qozg‘ana olg‘ay guhari dast ranj.

Yo‘q esa har muflisu bedastgoh,
Hech topa bilgaymu bu maxzang‘a roh.

Ganj iyosi kon ila daryo kerak,
Jumlai asbobi muhayyo kerak.

Bersa nekim izdasa har javhari,
Xarj bila o‘ksumasa gavhari.

Har nechakim sochsa, yana qilsa jo‘sh,
Bahrasidin boyisa javharfurush.

Gar tilasang say’ bila bu sifat,
Say’ing erur zarrai bema’rifat.

Er nazarindin ochilur er ko‘zi,
Er nafasi birla yurur er so‘zi.

Hukm bila donada bordur shajar,
Faslig‘a keltursa yegaylar samar.

To‘kmasa dehqon araqi poyi bel,
Mevasining foydasin topmas el.

Tarbiyatu sa’y qilur bog‘bon,
Toza bo‘lur meva berur bo‘ston.

Ul kim erur ruhu Qalimu Xalil,
Tobmadi bevositai Jabrail.

Yo‘lni qulovuz birla topsa bo‘lur,
Ramzni hikmat bilan topsa bo‘lur.

Pir dami yetsa qurug‘an o‘luk
Ruh topibon tirilur bilguluk.

Ulkim erur nash’u namosiz jamod,
Bog‘lamag‘ay nomasig‘a e’timod.

Garchi qilur tabl o‘zidin xurush,
Lek urar tosh qozon o‘rtuqli jo‘sh.

Ki dag‘i bordur uluq bolu par,
Bormu humo xosiyatindin asar.

Ulkim urur lof bu da’vi bila,
Rost kerak da’visi ma’ni bila.

Avval anga mu’jizatek so‘z kerak,
Yo ko‘rubon anglag‘utek ko‘z kerak.

So‘z bila ham bo‘lsa ne bo‘lg‘ay edi,
Mendin ochun so‘z bila to‘lg‘ay edi.

So‘zda kerak ma’niyu ma’nida zavq,
So‘zlaguchida so‘z uchun dardu shavq.

Orag‘a kirsa mahaki imtihon,
So‘z iyori bo‘lur uldam ayon.

Bu ne fusun, bu ne afsonadur,
Bu ne un nag‘mai mastonadur.

Tutti jahon zamzamai Haydariy,
To‘ldi sado gunbazi nilufariy.


KITOB YOZILISHINING BAYONI

Eyki bu ma’nida talabgorsan,
Tebran agar voqifi asrorsan.

Borg‘anicha yo‘ldur uluqdin uluq,
Boshdin-oyoq kelguliku borg‘uluq.

Garchi senga asru yiroqtur bu dam,
Rag‘bat etar bo‘lsang erur bir qadam.

Qilg‘in eranlartek o‘zungni fido,
Oshiqu Majnung‘a yetar bir sado.

G‘aflat ishin aql etarsenki ne?
Nukta bila naql bitarsenki ne?

Urma o‘z olinda bu devor kaj,
Sotma iyor ahlina me’yor kaj.

Ishq etagin qo‘yma, agar borsa bosh,
Boshni qochirmag‘il agar yog‘sa tosh.

Durr koni qimmatki, butundur sadaf
Kon ichida la’lg‘a bormu sharaf.

Shisha agar qilmasa shabnamni band,
Sehr ila ko‘rgaymu edi u gazand?

Ulkim, erur ishq bila tiynati,
Netsun anga jonu jahon ziynati.

Ulkim erur hamnafasu ruhi pok,
Tan taqi birla bo‘lurmu halok.

Ulkim erur zavq ichida maskani,
Talh etabilg‘aymu kudurat ani.

Ishq fidosina balodin ne g‘am,
Sarzanishu javru jafodin ne g‘am.

Eykim, ishing yo‘q bu malomat bila,
Ket yo‘lunga xayru salomat bila.

G‘oliya sevguchi dimog‘ing qani?
Anbari soroni netar gulxani?

Sudin agar urksa sahro qushi,
Su bilur mavjni daryo qushi.

Dard kerak jondaki ko‘rgay safo,
Me’da kerak toki singurgay balo.

Suvg‘a baliq, o‘tqa samandar kerak,
G‘amg‘a muhibb, dardg‘a Haydar kerak.

Ey, kim, erur qursog‘ing usru zaif,
Borki bu majlisda dagulsen harif.

Eyki, qo‘yarsan ayog‘ing yo‘lda chab,
Bu yo‘l erur boshtin-ayoq, bulajab.

Qo‘rqar esang qilma o‘zingga sitam,
Yo‘qki bosh ustinda bo‘lur ul qadam.

Yo‘lda turur yuz mahaki imtihon,
Zaxmi parokandayu nishi nihon.


PULINI YO’QOTGAN KISHI HIKOYATI

Forsda bir forisi chobuksuvor,
Shahr ichida qilur erdi guzor.

Fo‘tasida bog‘lig‘ edi necha
Futa bila soldi yo‘l uzra,

Xulqi farovon edi-yu, ammo yo‘l,
Kelgan izi birla talay yondi ul.

Yo‘lg‘a chorlattiyu urdi navid,
Tobmayin ul naqdini uzdi umid.

Dedikim:— Ey qodiru parvardigor,
Borchaning asrori sanga oshkor.

Tobmasun ul necha diramdin nasib,
Sayyidu muftiyu faqiru g‘arib.

Ul dam ochirg‘andi ango bir fuzul
Kim, bu kishilar erur ahli qabul.

Dunyo bular birla erur obodon,
Bo‘lmasun ul toifadin boshqa jon.

Sen ne sabab birla bu so‘zlar deding,
Hech nima ul elga ravo ko‘rmading.

Dedi: bu yarmog‘in iturgan faqir,
Qo‘y bu nasihatni, degul dilpazir.

Sayyid olib xumsqa qilg‘ay hisob,
Mufti evurgay masala behijob.

Toki agar tobsa faqiru g‘arib,
G‘aybdin erdi desalar bu nasib.

Omii sodiq dili parhezkor,
Tobsa oytgaykim, ey parvardigor.

Bizga halol et, iyasina savob,
Dunyoda-o‘q har-birina o‘n javob.

Xarj qilib evda yarog‘i bila,
Yegay oni o‘g‘li ushoqi bila.


MAV’IZA

Bilgil, ayo kosibi sohib ayol
Kim, sanga erlikda eranlik halol.

Ulki tuzar shar’i bila dunyoni,
Tengri habibim deb aytti oni.

Rostliq ustida tarozuni tuz,
Rostliq asbobini saqla to‘kuz.

Egri ozar, to‘g‘ri o‘zar, ey falon,
Tuzluq et, tangrini ko‘r dar miyon.

Rost, kerak odamig‘a e’tiqod,
Egri kishi tobmadi hargiz murod.

Arratek et bazl keyin ilgari,
Tesha bikin yo‘nma o‘z-o‘zing sari.

Bo‘lma xaridor bila saxt ro‘y,
Qilma zabunlarg‘a qatiq guftu go‘y.

Yaxshi-yomon kim, ne kerak bir bil,
Shayxdin ayrug‘ini tazvir bil.

Har neki sotsang bukun, ey hushyor,
Ham sanga-o‘q sotqay ani ro‘zgor.

Ul kishilarkim, bu do‘kon tuttilar.
Sudini sarmoyadin o‘ksuttilar.

Bo‘lmag‘il o‘zdin g‘anilarg‘a hasud,
O‘zgaga sog‘inma ziyon, o‘zga sud.

Tengri nekim bersa rizomand bo‘l,
Berganiga qoneu xursand bo‘l.

Bo‘lma ujuz olib og‘ir sotquchi,
Unga kebak, sirkaga su qotquchi.

Har kim erur yig‘mog‘ uchun qahtxoh,
Vorisi meros olur avval gunoh.

Ulki g‘ani, ulky tavongar emas,
Qismatidin ortiqu o‘ksuk yemas.

Bergan olur, kiyganu yegan qolur,
Ortug‘ini dushman alina solur.

Soqla amonat bila o‘rtoq haqin,
Ortuq avjlama do‘kon tuproqin.

Xojaki ortuqsi tama’ qilsa sud,
Moyasidin yuvg‘ay ilik zud-zud.

Xojakim o‘rtoqliq, etar ixtiyor,
Bo‘lsa kerak borkashu pardador.

O‘lmasa o‘rtoqliq ichinda fireh,
Bog‘lamasa kishida og‘rini gireh.

Odamig‘a tajriba doya etar,
Rostlig‘ er o‘g‘lina moya etar.


BO‘Z TO‘QUVCHI KAMPIR VA BAZZOZ HIKOYATI

Kufada bir piri laduniy sabaq,
Sayr eta bozorga qo‘ydi ayaq.

Ma’ni bila ganj, vale tangdast,
Tim ichida kirdi-yu qildi nishast.

Xojai bazzoz anga ro‘-baro‘,
Bilguvchi savdo ishini mo‘-bamo‘.

Ollida har jinsdin ajnosi xos,
O‘zgadin o‘zgacha topib ixtisos.

Sarf qilib umr tijorat bila,
Qilni yorar erdi basorat bila.

Toki o‘shul hol ichida bir ajuz,
Bo‘yi iki qat bo‘lib, arqosi ko‘z.

Bo‘yi boshi ra’sha bila beqaror,
Dam urushi, yo‘l yurishi murdavor.

Ne ko‘zida nuru, ne og‘zinda so‘z,
Dunyosidin qo‘ynida bir vusla bo‘z.

Bo‘zni bu bazzozg‘a berdikim:— Ol!
Harne baho bo‘lsa, ilgima sol!

Ko‘rdi bu bazzoz bo‘zini ochib;
Purg‘uradi bir necha tukuk sochib.

Kim momug‘i pastu ipidir yo‘g‘on,
Bo‘zchi oshuqub ne kerak to‘qug‘on.

To‘ng‘a yaramaski, bo‘yatsa kishi,
Yuvsa xud onjoq erur aning ishi.

Ko‘nglaku ishtong‘a chu loyiq degul,
Harna baho birla muvofiq degul.

Qaysi xaridorg‘a bo‘lsun pisand,
Qayda topoyin munga men bir lavand.

Xoja so‘zina qilibon e’timod,
Kesdi ajuz o‘z to‘‘masidin umid.

Dedikim:— Ey xojai sohibkaram,
Charxi falak gardishidin yema g‘am.

Tulmenu bechorayu sohib ayol,
Ojizu miskinu parokanda hol.

Sa’y qilib berdum ikki hafta jon,
To sanga kelturdim ani bu zamon.

Bir suruk o‘g‘lon ushoqum xoru zor,
Yo‘lg‘a boqib telmurodur intizor.

Harna desang tengriga soldum sani,
Har ne baho bo‘lsa uzotqil mani.

Gaz bila ham kelturib ul bo‘zni kam,
Berdi anga xoja bir-ikki diram.

Tortib ayoq ustida turluk malol,
Yiqla-qo‘pa o‘z evina bordi zol.

Bilguladi bo‘zni ul abdoli roh,
Ko‘z uchidin yosh tutib kiynaxoh.

Keldi bo‘z olmog‘a birov nogahon.
Dedi kim:— Ey xoja, ravon bo‘l, ravon!

Bo‘z kerak andoqki katondin fireh,
Bo‘lmag‘ay andin bu jahon ichra beh.

Inchka, nozik dog‘i hamvoru pok,
Bo‘lmasun ipligindin hech aybnok.

Xoja ne bo‘z bersa xaridor yana,
Ayblar aytur bo‘zining barina.

Xoja ayittikim:— Uzatma so‘zung,
Bo‘z berayin ko‘rmamish avval ko‘zung.

Kim momug‘i pilladin ortuq zarif,
Ipligi katon ipidin ham latif.

Puxtayu hamvor to‘kulg‘on bo‘zi,
Ko‘rmak arusidin orig‘roq yuzi.

Ko‘rmas egoch bo‘ldi xaridor lol,
Tobladi-yu, qildi bahosin savol.

Urdi bahosini tengizdin terang,
Sotti o‘shul bo‘zni katon birla teng.

Piri muhaqqaq ko‘rib ul turlu hol,
Keldi sotiqchi qoshina bemalol.

Dedi:— Bu sanduq ichida, ey falon,
Bergil ijozat, kirayin bir zamon.

Kim tilasang sa’y bila sarbasar,
Tobmag‘aysen dunyoda mendin asar.

Zohiru botin bila oshufta men,
Mo‘‘min egach kofiri nuhufta men.

Muncha savome’g‘aki qildim guzor,
Sa’y bila tobmadi naqdim iyor.

Har necha kezdim bu uluq dunyoni,
Qutbi mukammal seni ko‘rdim, seni.

Bo‘zkim erdi momug‘i xud besafo,
Ipligi betobu o‘zi bo‘ryo.

Senkim ango bir nafas etting nazar,
Bo‘ldi katondin ham dog‘i mo‘‘tabar.

Kim momug‘i bila teng o‘ldi yipak,
Suftalig‘i rovshanu hamvortak.

Lol bo‘lib xojai oshufta dil,
Qoldi xijolat evinda munfa’il.

Jazb qilib tobti muammo kushoy,
Urdi nekim hosilina pushti poy.


MAV’IZA

Emdiki bozor erur garmu tez,
Sudu ziyonida bo‘l, ey subhxez.

Kom bila tobsang dog‘i bozorni,
Bir yo‘li kuydurma xaridorni.

Xojaki ortuqsi tama’ qildi sud,
Moyasidin yuvgay ilik zud-zud.

Ey kim ulustin yoshurursen hisob,
Muhtasib urtukli qilur ehtisob.

Harnakim o‘ksutsang olur chog‘da tarx,
Arz kuni borchani tengshar bu charx.

G‘ayb miyonchisi chu hozir turur,
Barcha tafovutqa avaz tekurur.

Ulki berur mevaga bu ta’mu rang,
Ko‘rmasu bilmasmu tarozuda sang?

Ulki berur ko‘zga bu nash’u namo,
Ko‘zchiga bilmasmu nedur muddao.

O‘rtadadur kif nuql kifi,
Qalbni kimdin yoshurur sayrafi.

Arpa ekib, bug‘doy ururman tegan,
Ko‘rmaduk oshlug‘ichini bug‘doy yegan.

Tuz bo‘libon tilni tuzuklukda och,
Tushsa dag‘i tesha yemas tuz yig‘och.

Odamig‘a yaxshi qiliqtur bihisht,
Yetti tamug‘din batar ul xo‘i zisht.

Sud ko‘rub qilma ziyoning unut,
Sudni savdoda ziyon birla tut.

Xayr etagina uzun tut qo‘lung,
Mo‘ru malahdin ayama sorqutung.

Jomda sharbat nechakim bo‘lsa kam,
Yerga to‘kar jur’ani sohib karam.

Har necha toroji xazon ko‘rsa raz,
Yerga to‘kar atlasu iksuni xaz.

Xushtur eronlarga karam davlati,
Ulsa dog‘i o‘lmas emish himmati.


HOTAM TOI HIKOYATI

Qofilai bir arabdin magar,
Qildi bani Toy hashamina guzar.

Yo‘l ozikib o‘tkali qo‘rqushtilar,
Hotami Toy turbatina tushdilar.

Qofilaning o‘rtasidin bir fuzul,
Dedi:— Qim-ey Hotami sohib qabul.

Dunyoda nomus ila qilding maosh,
Yaxshi oting bo‘ldi karam birla fosh.

Chun sanga mehmonbiz, ey sohib karam,
Har nechuk et, bizni og‘irla bu dam.

So‘zladiyu turbatina tikdi ko‘z,
Rost hanuz og‘zinda erdi bu so‘z.

Kim, tevalarinda semizroq biri,
Bo‘ldi saqat ko‘rgin eranlar siri.

Bo‘ldi yigit so‘zlaganidin xijil,
Qo‘p tegura boshladi Hotamg‘a til.

Kim karamin ko‘rga bu holi bila,
Io‘lchin og‘irlar kishi moli bila.

Xalq tedi:— Xoja tiling bog‘lag‘il,
Qo‘y bu fuzulluqni adab soqlag‘il.

Ul kecha alqissa ne kim xosu om,
Yedilar ul bisrak etini tamom.

Chun yorudi subhu sahar urdi dam,
Tikdi Xo‘tan xisravi oltun alam.

Boqsa yiroqtin ko‘rinur bir g‘ubor,
Chiqti arosindin bir ushtur suvor.

Yel kibi jomozasini yeldirub,
Bir sara bisrak teva yondoshtirub.

Ayri yo‘q o‘lgan tevadin bir tuki,
Et bila etmak to‘la bisrak yuki.

Qofila xalqiki muni ko‘rdilar,
Qelmagining kayfiyatin so‘rdilar.

Dedikim:— Ushbu kecha Hotam o‘zi,
Kirdi tushumizga yosharib ko‘zi.

Bizga xabar berdiki, bir mehmon,
Keldiyu mandan tiladi bazla xon.

Bir teva burch oldim alardin dedi,
Ul tevaning belgularin so‘zladi.

Bizni oshuqturdiki, ham dar zamon,
Tong boshida ko‘chqusidur karvon.

Hech nimaga boqmay itikrak surung,
Ul tevasining o‘zina yetkurung.

Ko‘rdi egin ul teva uchun malol,
Uzr, qo‘lungkim manga qilsun halol


MAV’IZA

Ulki saxovottin urur bo‘lsa dam,
Ko‘rguzur erlikda saboti qadam.

Jumlai mazhabda saxiydur Vali,
Barcha saxiylarning imomi Ali.

Tengri azaldin beri ochmish bu xon,
Unga yuzu yuzga mingu birga o‘n.

Kimki bir eksa, o‘zi ming topar,
Barcha maoyibni saxovat yopar.

Buxl aziz odamini xor etar,
El ko‘zida it kibi murdor etar.

Ulki tilar xayr uchun dastgoh,
Sen ani bilgilkim emas xayrixoh.

Emdiki kechmas qaro puldin ko‘ngul,
Ganj tog‘i tobsa sen apdin to‘ngul.

Boy degul sen diraming bor esa,
Faqir g‘anidur karaming bor esa.

Muflisi ozoda g‘animoya bo‘l,
Yo‘qki yilonlar (ni) yig‘nab doya bo‘l

Yarim ayoq oshki toparsan nasib,
Yarmini berki yesun bir g‘arib.

Me’da tamug‘ikim erur dushmaning,
To‘ymag‘usidur agar ichsa qoning.

Har nimaki tong tilaki yurt uchun,
O‘zdin o‘g‘urlab o‘zungga bergu un.

Sarf qil ortuqini sarrof esang,
Dardin daf’ ayla agar sof esang.

Chun qaro tufroqdin erur noguzir,
Tanga ne atlas, ne katon, ne harir.

Har necha tun bo‘lsa to‘ra o‘pranur,
Upramag‘an xulqu karam to‘nidur.

Ulki bu xil’atqa sazovor erur,
Talab kishi Haydari karror erur.

Odam atong‘onga muruvvat kerak,
Orifuomi(g‘a) futuvvat kerak.

Sarvtek ozoda bo‘lu rostkor,
YO o‘riku olma bikin mevador.

Naf’ tekur barchag‘a yomg‘ur bikin,
YO tengiz o‘rtasida jo‘mdur bikin.

Bordiru bermas, ne yedurur, ne yer.
O‘zi bila go‘rgamu eltur, ne der?

Erdi Sulaymon bu ulus sultoni,
Budur ulus, so‘rki Sulaymon qoni?

Yig‘di Faridun hashamu molu ganj,
Neni olib bordi bajuz dardu ranj.

Gar o‘zin onglatmasa bu xonaso‘z,
Ertagilar demagay erdi bo‘g‘uz.

Xor qilur erni bo‘g‘uzung g‘ami,
Shum bo‘g‘uzin bo‘g‘sa, uzor odami.

Charxki, qon birla tilar gardishin,
Qo‘ymag‘ay el ko‘ngli uchun o‘z ishin.

Gardu g‘uboriki sochar yer yuzi,
Bir qarosochning yuzidur yo ko‘zi.

Sunbuli tarkim sochar, ul mushki nob,
Toki ne soch rangidin oldi xizob.

Ko‘rdi qaro yerda sanamlar yuzin,
Nargis o‘shal surmadin ochti ko‘zin.

Kimki nechuk yig‘di aningdek qo‘yar,
Ortiq usurgan qusar, itlar to‘yar.

Olmoqu bermak bila xushtur jahon,
Olg‘inu berginki, budur quti jon.


MAV’IZA

Mulk erur dilbaru sohib jamol,
Ey xush agar tobmasa erdi zavol.

Bir necha kun dunyoda jon xushlug‘i,
Saltanat erur bu jahon xushlug‘i.

Xush ko‘rinub el ichida e’tibor,
Kom dilu kavkabau ixtiyor.

Yig‘moq uchun barcha talabgor erur,
Qo‘ymog‘u ketmak ishi dushvor erur.

Yig‘sa bo‘lur duzd nihon bo‘lmasa,
Dilkash erur bog‘ xazon bo‘lmasa.

Xush nimadur umri baqosi qani?!
Shoxu gado birla vafosi qani?!

Davlatu izzat erur, ey xoja bosh,
Oqibatul amr buzarlar maosh.

Garchi xush oyanda erur molu joh,
Bo‘lmasa, ey do‘st, maolingda choh.

Ko‘rmakka xushtur bu yigitlik guli,
Kelmasa so‘ngra qariliq g‘ulg‘uli.

Dunyoda kim kuldi xush, ey hushyor,
Kim so‘ngida yig‘lamadi sad hazor.

Qaysi ko‘ngilkim nafas urdi shod,
Yelga sovurdi kulini tundbod.

Kim, yotibon tinch evinda bir zamon,
Kim shabixun urmadi ushbu jahon.

Tsbragali bu falaki tunxo‘,
To‘qtamayin evrulodu bosh quyu.

Muncha tuman qonki to‘kar beqiyos,
To‘ymadiyu to‘lmadi bu yetti tos.

* * *

...Bog‘la bu vayronadin, ey pir, raxt.
Qilma tiriklikni o‘z-o‘zunga saxt.

Pir tag‘ayyur bila qildi itob,
Silkib, achiq ustida berdi javob.

Bizki bu yo‘l ustida o‘tkuchi biz,
Uyla kelduku yana ketguchi biz.

Menki rahm javfida erdim chunin,
Ne sen eding anda, ne ruhul amin.

Rizq iyosi yozu kuzu yo qish,
Vositasiz qildi meni parvarish.

Ulki yonar o‘tni guliston qilur,
Emdi tog‘i qish sovuqini bilur.

Faqru fano davlatida ul g‘ani,
Qilmadi muhtoj senga, toki mani.

Gar tama’ etsam senga sendin batar,
Rizq dominda kezayin darbadar.

Ey bu siyah hol ichida shuhrarband,
O‘g‘ri kibin boshdan-ayoq dar kamand.

Har so‘ngaking bandida yuz ming gireh,
Silsilau bandu zireh dar zireh.

Toki ajal kelsa nechuk qilg‘osen,
Qoy birini qat’ qilo bilg‘osen.

Keldi bu so‘z shohg‘a behad og‘ir,
Tiyra bo‘lib dedikim:—Ey toshbag‘ir.

Sanki, qilursan manga bu sarvanish,
Sen nechuk o‘lg‘aysan agar tushsa ish.

Pir tabassum qilibon urdi jo‘sh,
To‘tisi uchtigo qafas qoldi bo‘sh...

Shoh bo‘lib so‘zlaganidin hijil,
Qo‘btiyu ketti evina munfa’il.
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (18.10.2013)
Просмотров: 1587 | Рейтинг: 0.0/0