Kamol Xo
Kamol Xo‘jandiy (taxallusi; ismi Kamoliddin Mas’ud, 1321, Xo‘jand — 1401, Tabriz) — O’zbek va fors-tojik shoiri. Toshkent, Turkiston, Samarqandda ma’lum muddat yashab, tahsil ko‘rgan. Mo‘g‘ul istilosi tufayli o‘z vatanini tark etgan. Xorazm, Sheroz arab mamlakatlariga borgan, Makkada bo‘lgan. Qaytishda Tabrizda yashab qolgan. 1385 yilda Oltin O‘rda hukmdori To‘xtamish Tabrizni bosib olgach, Kamol Xo‘jandiyni Saroy shahriga olib ketgan. Kamol Xo‘jandiy 1389 yilda Tabrizga qaytgan. U umr bo‘yi vataniga qaytishni orzu qilgan. She’rlarida g‘ariblikdan shikoyat, vatanni qumsash motivlari aks etgan, insoniy sevgi ulug‘langan. U, asosan, g‘azallari bilan shuhrat qozongan. Navoiy Kamol Xo‘jandiy ijodiga yuksak baho berib, uni Sa’diy, Xusrav Dehlaviy, Salmon Sojaviylar bilan bir qatorga qo‘ygan («Nasoyim ul-muhabbat»). BAYTLAR Tilar bo‘lsang jahon ichra amorat, Faqirlar ko‘nglini qilgin imorat. * * * Xiradmand odamiy o‘xshar humoya, Yetar davlatga kimga solsa soya. * * * Falakning gardishidan bo‘lma g‘ofil, Pushaymon bo‘lg‘osen oxir, ne hosil. * * * Ki oson odami maqsuda yetmas, Riyozat tortmayin ma’buda yetmas.
| |
Просмотров: 1222 | |