Kiromiy (XVIII-XIX asr)
MUXAMMASLAR Olib avval nazarda aqlu hushimni tamom aylab, Ne hosil qilding, ey bedard, zulmu kin mudom aylab, Meni ranjur olur sihhat labingdin shod kom aylab, O‘lukni tirguzur la’ling masihoso kalom aylab, Takallum choshnisin sharbati yuhyil-izom aylab. Sanoyi’din biri kelmay vujuda, ey malak simo, Adam kunjida erdi boru yo‘q dunyo va mofiho, Qilurda surati pokingni ustodi qadar paydo, Azalda la’linga sayd etkali ko‘nglum qushin go‘yo, Qazo sayyodi jonlar rishtasidin yoydi dom aylab. G‘aroyib zeb koshi tok ila koxi erur hizre, Mufarrash anda har bir sangloxi erur xizre, Quruq qaqshal shajarlar javfi surohi erur hizre, Chamanda tozalikdin har quruq shoxi erur xizre. Magarkim o‘tmish andin obi hayvonim xirom aylab. Ravodur nuqtai mavhum demak og‘zing e’lomin, Ochilmaydur necha nazzora qilsam kulgu hangomin, Qolur hayratg‘a ko‘rsa ulki alloma qo‘yub nomin, Agar harf o‘lsa mudg‘am vahki xoling nuqta idg‘omin, Ayon qildi ko‘zumning mardumi ichra maqom aylab. Xarob o‘lmakdin o‘zga chora yo‘qdurkim kelib qarshu, Jafo novaklarig‘a aylading jonu dilim qobu, Nedin tushdi qaro kun boshinga deb so‘rma, ey mahro‘, Ne bo‘lg‘ay ro‘zgorim tiyra bo‘lmaykim, ochib gesu, Qaro shomimni muhlik aylading, subhimni shom aylab. Agar uqboda rohat istasang nafsingga bo‘lg‘il zid, Saharlar yig‘labon eldin nihon bo‘l tangrig‘a obid, Amalning yaxshisi uldur riyoga bo‘lmag‘ay oid, Chu haq dargohidin mardud etar naylarsan, ey zohid, Qabuli xalq uchun ortuqi toat iltizom aylab. Jaholat toyirin afg‘on chekib hurkutdi faqr ahli, Ko‘ngulni xonumondin oh urub sovutdi faqr ahli, Nazar qil, matlabiga yetgucha qon yutdi faqr ahli, Yoshingni dona, bag‘ringni suv qilkim tutdi faqr ahli, Hidoyat qushlarin bu donau suv birla rom aylab. Habodur ortmas ro‘zi kishi har necha sa’y etsun, Ne hosil mehnat ila jam’ qilmoq sim ila oltun, Kiromiy, qil qanoat ne muqaddar bo‘lsa chekmay un, Navoiy, kunda chun bir qursi maqsum ortmas nechun, Falakdek bo‘lma tang sargashta tun, kun ehtimom aylab. * * * Moni chekarga surating naqshini ko‘p qildi jadal Bo‘lmayin sirri musbati tasvirig‘a tushdi xalal, Vah ne ajab masnu’sen, yo‘qtur naziring, ey go‘zal, Go‘yo labu xatingni tarh etkanda naqqoshi azal, Shingarfu zangor o‘rnig‘a la’lu zumurrad qildi hal. Budur ul oyning odati, solur boshimg‘a kulfati, O‘tmay zamoni fursati, tekgusi jong‘a shiddati, Aqlimni olib fikrati, ko‘nglumga yetkay rohati, Fosh etti gohe rifqati, ko‘z qoni tomg‘on hay’ati, Kim ko‘z qarosin furqati, qon birla aylabdur badal. Ey dilbari gulgun qabo, vaslingdin o‘zga muddao Yo‘qtur manga subhu maso, qildi raqib yuz ming‘ jafo, Men zorni sendin judo, hijron o‘ti jonim aro, Dog‘i firoq, ey dilrabo, andoq ko‘zum qildi qaro, Kim ko‘z qarosidek manga, matlub erur dog‘i ajal. Sarxush mayi rangin ila, sar to qadam tazyin ila, Ot sekritib oyin ila, chiqding qoshingda chin ila, Rohing‘da men tahsin ila, qildim duo omin ila, Sen furqat istab kin ila, men yer o‘pub tamkin ila, Qatl ahlig‘a taskin ila, qilmoq namoz erur hiyal. Furqat sharori nogahon, yoqti tanim bermay amon. Qildim base ohu fig‘on, mamlu unimdin osmon, Dardim nuchuk aylay nihon, eldin meni behonumon, Hajring o‘tidin har zamon, andog‘ kuyar ozurda jon, Kim sog‘inur bog‘i jinon, do‘zaxga kirsa filmasal. Pandim eshit, ey nozanin, ne gul qolur, ne yosmin, Aylab ajal bir kun kamin, tortar boshingg‘a tig‘i kin, Ne vajh ila bo‘lmay hazin, oxir ketar har mou tin, Yuz yilg‘a umr o‘lsun qarin, bir dam ko‘rar ahli yaqin, Bas nedur ey xilvatnishin muncha sanga tuli amal. Gulzor aro ul no‘shlab, bazm aylamakka ro‘zu shab, Ayyomi gul bo‘ldi sabab, hamroh necha oliy nasab, Vahm aylama, chekma taab, ishrat, Kiromiy, qil talab, Vuslat zamoni bo‘lajak, soqi qadah tut lab-balab, Mutrib, tuzat savti tarab, o‘tkar, Navoiy, bir g‘azal.. * * * Tuzub asbobi shohi beadad ahli xidam chekti, Jahoni tira uzra nurdin xoni karam chekti, Kecha hindusini daf’ etkali tig‘i dudam chekti, Sahar xovar shahi charx uzrakim xayli hasham chekti. Shioiy xat bila ko‘hsor uza oltun alam chekti. Taolallo yoyib ofoq aro xurshed yog‘dusin, Musaffo ayladi ko‘kning muqarnas toqi minusin, Berib ziynat supurdi yer yuzidin tun qorong‘usin, Qazo farroshi chekti subhning simin supurgisin, Muzahhab parlarin andoqki tovusi haram chekti. Yasab ustodi qudrat besutun bu charx ta’mirin, Kavokibdin ul ayvon ichra qoqti qubba tasvirin, Ne til birla qilay mingdin biri tavsifi ta’birin, Kitoba sun’ kilki surai vashshams tafsirin, Falak toqi havoshisida zarhaldin raqam chekti. Sabuhi may chekarga rindlar gulshanda o‘lturdi, Munojot ahli masjid ichra yorab halqasin qurdi, Alolo soldi kuffor ahliyu noqus choldurdi, Muazzin Ka’ba toqi uzra gulbongi samad urdi, Barahman dayr ayvonida ohangi sanam chekti. Qilib boshdin qadam ushshoqlar azmi visol etti, Ko‘rub o‘trusida ma’shuqlar arzi jamol etti, O‘qub mubham iboratlarni shoirlar xayol etti, Maoniy ahli gohe nuqta uzra qilu qol etti, Mug‘anniy xayli gohe nag‘ma uzra zeru bam chekti. Shabi hijronda ming g‘am yuz qo‘yub bir-biridin sobiq, Tong otg‘uncha fig‘on tortib, sitamdin oshiqi sodiq, Nigori la’li yodidin ko‘rub jon bermagin loyiq, Yaqo chok etti gohi subh ul motamg‘a kim oshiq, Bu muhlik shomi hijron ichra yuz xunobi g‘am chekti. Shafaqdin to‘n kiyib ilgiga olib dambadam tig‘in, Chekibdur qahr ila qatl etgali charxi dajam tig‘in, Urar har begunoh ko‘ksiga rahm etmay alam tig‘in, Zamona kuldi, ul g‘ofilg‘a kim davron sitam tig‘in, Anga urmoqni anglab, o‘zgaga tig‘i sitam chekti. Adam mulkiga raxting chek, baqosiz umrni anglab, Ko‘ngul uz qasru johingdin binosiz umrni anglab, Kechurmas dahr bir soat jafosiz umrni anglab, Xusho ulkim muningdek chog‘ vafosiz umrni anglab, Sabuhi jomini ahbob birla dambadam chekti. Qayu oshiq toparg‘a matlabin pur ishtiyoq o‘lsa, Sururu ayshu rohat ko‘ngli mulkidin yiroq o‘lsa, Fig‘oni boisi bir mohtal’at simsoq o‘lsa, Agar ko‘nglida bir gul hajridin xori firoq o‘lsa, Bahona yig‘lamoqg‘a bir necha jomi alam chekti. Ne xush bo‘lg‘ay falak oni vafo birla tuzub ulfat, Degay nohida rost ushshoq qil tuz chang ila suhbat, Gadoe kulbasig‘a kelsa shohi chun ochib tal’at, Agar xud vasl iqboli muyassar bo‘lsa bir soat, Faridun taxti uzra bazm tuzdi, jomi jam chekti. Yurutsa jomi jamni noz ila ul qoshlari payvast, Asiri ko‘ngludin hajr otashin bir sog‘ar etkay past, Muningdek davlat iqboli kishiga bergan ermas dast, Bo‘lub matlub ruxsorig‘a mahv jomidin sarmast, Yuzin tufroqg‘a qo‘ydi, boshini ollig‘a ham chekti. Aningdek bazmni haq asrasun begona ko‘zdinkim, Sabuhi may ichib, burqa olib farxunda yuzdin kim, Ko‘rub oni tani titrab, tili ham qoldi so‘zdin kim, Ne davlatdurki bu holatda andoq bordi o‘zdin kim, Baqo iqlimidin taxtini to mulki adam chekti. Kiromiy, bandasig‘a rahmati dovar nasib o‘lg‘ay, Shafoatxohi mahshar arsasida ul habib o‘lg‘ay, Talab yo‘lidog‘i bekascha ne sabru shikib o‘lg‘ay, Navoiy, shoyad ul rahravg‘a bu maqsad nasib o‘lg‘ay, Kim ul dashti fano qat’ etgali yillar qadam chekti.
| |
Просмотров: 1042 | |