Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

Турецкие Стихи

Суббота, 23.11.2024

Amiriy (1787-1822)
Nega arbobi xirad ahli junundan ori bor?
Kim bular uryon alarning jubbayi dastori bor.*

Gul yuzung olida zohir qildi shabnamdin araq,
G'uncha xomushu labingni gavhari guftori bor.

Bo'lma mahzun bog'bon,bog'ingga kirmas mahvashim,
Sarvdur qaddi ani,ruxsoridin gulzori bor.

Soqiyo,may birla bir soat meni shodon qil,
Notavon ko'nglumni hijron dardidan ozori bor.

Ey ko'ngul,diningni pinhon asra ishq atvorida,
Qoshini har bir xamida ko'z degan ayyori bor.

Ko'hkan Shiringa oshiq bo'ldi, Majnun Layliga,
Kim muhabbat shahrida har kimsani bir yori bor.

Rishtayi zulfini bo'ynumda ko'rub ta'n aylamang,
Bir birahman but yo'lida bo'ynida zunnori bor.

Yor ishqidin parilar e'tiroz aylar magar,
Har birini bo'ynida ta'viz ila tummori bor.

Dilrabolar ichra yaktoliqqa mashhur o'lsa, lek
Ko'yida men telba yanglig' benihoyat zori bor.

Ey pari, bir kun buzuq kulbam sari qilg'il xirom,
Hech agar yo'qtur zamoni soyayi devori bor.

Ne sababdin o'lmasun obod ko'nglum kishvari,
Ishq shohidek Amiri ma'dilat osori bor.

* Ushbu g'azal Amiriy va Nodira tomonidan mushoira tarzida,ya'ni uning birinchi misrasi Amiriy, ikkinchisi Nodira tomonidan yozilgan.

                    * * *

Bo'ldi to tabdin harifi la'li jononim anor,
Gul qilur xuni jigardin xori mijgonim anor.

Husn bog'i mevasiga yor noz aylab dedi:
'Lablarim anjirdur,sebi zanaxdonim anor'.

Bog' gul birla anorig'a agar noz aylasa,
Yor aytur:'Orazim - gul,la'li xandonim - anor'.

Lablari shaftolusig'a zormen,ey bog'bon,
To'kmasun behuda istig'no bila qonim anor.

Sharbatim qondur agar topsang ul oy bazmig'a bor,
La'li xandonig'a yetkur arzim,ey jonim,anor.

Yoralig' ko'nglumni ko'z yoshida qildim parvarish,
Kim erur bu bog' aro maqbuli sultonim, anor.

Sebi g'abg'ablar firoqida bihidek sarg'orib,
Qon yutarmenkim emastur bobi dandonim anor.

Ko'z,labing unnobi hijronida yig'larkim, to'kar
Qatra-qarta qon yoshimdin jaybu domonim anor.

Orazing rammonini bu bo'g aro istar, Amir,
Muddaodur ango,ey sarvi xiromonim, anor.

                 * * *

Ohkim,yor menga yor o'lmas,
G'ami o'lturdiyu g'amxor o'lmas.

Ne balo nozu tag'ofildur ango,
Kuydim ishqida - xabardor bo'lmas.

Bulhavas ishq ramuzin na bilur,
Bexirad mahrami asror o'lmas.

Zulfi birla na taloshur sunbul,
Har xashak nofai totor o'lmas.

Orazin ko'r xatidin o'lma malul,
Qaysi guldurki anga xor o'lmas.

Ishq vayronasidur turfa maqom,
Anda hargiz daru devor o'lmas.

Kulmangizlar meni rasvolig'ima,
Telbada nang bila or o'lmas.

Nigorondur ko'zum oyina misol,
Nega shoyistayi diydor o'lmas.

Oshiq o'ldum,nega sendin yoshuray,
Begunoh mo'jibi inkor o'lmas.

Bu jamolu bu latofat birla,
Kimdur ul senga giriftor o'mas.

Qaysi kundurki yuzung hasratidin
Ko'zlarim ashk ila sarshor o'lmas.

Xatidin shikva na hojat, ey ko'z,
Qaysi oyinada zangor o'lmas.

Na bilur ishqni kayfiyatini,
Yaxshilarf'a kishi hamroz o'lmas.

Har ko'ngul ishqdin ogoh ermas,
Har sadafda duri shahvor o'lmas.

Gavhari nazm bahosizdur, Amir,
Anga har sifla xaridor olmas.

               * * *

Jahon,jono,jamolingga tasadduq,
Dilu jin,xatti xolingga tasadduq.

Chamanda sarvu shamshodu sanavbar,
Erur mavzun niholingga tasadduq.

Labing sarchashmayi obi baqodur,
Xizt xatti zulolingga tasadduq.

Tutarman tan aro jonni kiromi,
Bo'lur bir kun nisoringga tasadduq.

Qolib erdi vujudimdin xayoli,
Ani qildim xayolingga tasadduq.

Labing hajrida zahri g'am yutarmen,
Halovat yodi bolingga tasadduq.

Erursan husn mulkini Amiri,
Jahon johu jalolingga tasadduq.

               * * *

Qoshingg'a tekuzmag'il qalamni,
Bu xat bila buzmag'il raqamni.

Butxonalar ichra hech tarso,
Bir ko'rmadi sen kibi sanamni.

Oshiqlaringga tarahhum etgil,
Ko'p aylama javr ila sitamni.

Naqshi qadaming muyassar o'lsa,
Naylay bu jahonda jomi Jamni.

Ko'nglum qushi toyiri hariming,
Sayd etma kabutari haramni.

To bevatan o'lmasun ko'ngullar,
Zulfungdin ayurma pechu xamni.

La'ling g'amidin ko'zum to'kar qon,
Behuda kechurmagil bu damni.

Yo'lungda g'ubori roh bo'ldum,
Boshimg'a yeturmadim qadamni.

Sen yordin o'zga kimga dermen,
Ko'nglumdagi dard ila alamni.

Bir kosa sharobi arg'uvoniy,
Pomol qilur hujumi g'amni.

Iqlimi vafo Amiridursen,
Ey shoh,bu gadog'a qil karamni.

               * * *

Visolingga ko'ngul mushtoq edi,ey yor,xush kelding,
Ko'zum nurini ravshan aylading bisyor, xush kelding.

Xumorim za'fidin betob edim,bazm ichra, ey soqiy,
Xiromon shishayi sog'ar tutub sarshor, xush kelding.

Ko'ngul bog'ida har yon dog'i ohim sarv ila guldur,
Bu gulshan sayrig'a,ey sarvi gulruxsor, xush kelding.

Bu shaklu bu shamoyil birla bazmi noz ora kirding,
Sihi qadlarni qilding soyayi devor, xush kelding.

Xazin mushtoqlarg'a yori firdavs xayolidin,
Yeturding mujdaye tovusi xushraftor, xush kelding.

Kecha kulbamg'a pinhon keldi ul mahvash, Amir aydi:
'Bu lutfu marhamatni bilmasun ag'yor, xush kelding!'


ALISHER NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS

Ul buti shirin liqo har nechakim yod aylamas,
Ishq tog'ida men etgan ishni Farhod aylamas,
Xasta ko'nglum bu jafolardin nechuk dod aylamas,
Yo'q damekim,furqati jonimg'a bedod aylamas,
G'ayrni shod etgali ko'nglumni noshod aylamas.

Ul pariro'kim,erur noz ofarinlar sarvari,
Boqmadi hargiz tarahhum birla oshiqlar sari,
Hasratu anduh birla bordim o'zlukdan nari,
O'lmakimni bilmayin go'yo der ermish ul pari,
'Kim necha kundurkim,ul devona faryod aylamas.

Bor edi ko'nglumg'a zulfu orazidin tobu tab,
Shomu hijron ichra yondim sham'i muhfildek tutab,
Paykarim o'ldi o'kush,o'q zahmidin javshan laqab,
Soldi ko'nglum o'tig'a paykonlarin hijron, ajab,
Kim mening qatlimg'a boshtin tig'i po'lod aylamas.

Baski elg'a fosh etar ohim o'ti, jonon g'ami,
Bu jihatdin qolmadi ko'ksum aro pinhon g'ami,
Hech kimning boshig'a kelturmadi davron g'ami,
Ulcha bag'rimg'a qilur g'am neshidin hijron g'ami,
Tog'ning bag'rig'a metin birla Farhod aylamas.

Ekga jonondin,Amiro,qilma izhori g'ame,
Ishq asrorini arz etmakka yo'qtur mahrame,
Hasrat o'tidin ko'ngulga yo'q isiqroq hamdame,
Ey Navoiy,bo'lma oning yodidin g'ofil dame,
Sen kim o'ldung degalikim,meni ul yod aylamas.


LUTFIY G'AZALIGA MUXAMMAS

Necha dard izhor etsam,ul sanamdin chora yo'q,
Ne uchun qon to'kmasun ul ko'zki namdin chora yo'q,
Ranj ila mu'tod o'lanlarg'a sitamdin chora yo'q,
Ishq tushsa har ko'ngulg'a dardu g'amdin chora yo'q,
Yetsa chun nishtar jarohatg'a alamdin chora yo'q.

Soldi zulfi oraz ila ko'ksum ichra tobu tab,
O'rtadi mahzun ko'ngulni sham'i muhfildek tutab,
G'uncha yanglig' qon o'lub bir amr mavhumi tilab,
Ey vujud,ul tor of'izdin hech bo'lsan,ne ajab,
Ushbu yo'lda yurug'anlarga adamdin chora yo'q.

Chun nihon etting sochingdin,orazing,ey mahjabin,
Bu ado birla yoshurding kufr shomi ichra din,
Talx etti ayshimi baxtim qaro,ko'nglum hazin,
Bir tutub zulfingni yuz ming zahr toptim zulmidin,
Ore-orekim,yilon tutqong'a samdin chora yo'q.

Baski yo'q ushshoq xayli ichra men yanglig' g'ayur,
Gar Amir o'lsam muhabbat kishvari ichra bo'lur,
Qilmag'il ma'yus aylab notavonlardin nufur,
Eshikingdin qavlama,bu Lutfiyning jurmin kechur,
Kim bu bob ichra karimlarg'a karamdin chora yo'q.


ZALILIY G'AZALIGA MUXAMMAS

G'amingdin,ey pari ruxsora,joni notavonim bor,
Qilurg'a rang hijroning qilichin qatra qonim bor,
Firoqing bog'ida bulbul kibi ming dostonim bor,
Yuzungni ko'rmagach,ey guluzorim,yuz fig'onim bor,
Jahon bog'ida istarman seni to tanda jonim bor.

Tutoshdi ishq o'ti ko'nglum aro tadbir etolmayman,
Guli serobi ruxsoring anga tasvir etolmayman,
Muhabbat sharhini jon o'rtanur tahrir etolmayman,
Junun maktubini mazmunini taqrir etolmayman,
Eshitgon xalq yig'lar sho'layi tig' zabonim bor.

Qadam urgan muhabbat ko'yiga afsona bo'lmasmu?
Parilar birla suhbat aylagon devona bo'lmasmu?
G'ami yor istagon ag'yordin begona bo'lmasmu?
Junun shahri sarosar,oqibat vayrona bo'lmasmu?
Ko'zum yoshi chu daryo har taraf obi ravonim bor.

Pariro'lar yuzini moh derman,ayb qilmanglar,
Sihi qadlar g'amidin oh derman, ayb qilmanglar,
Harimi dilni baytulloh derman, ayb qilmanglar,
Ko'ngulni poyi taxti shoh derman, ayb qilmanglar,
Vujudim shahrida lashkarkashi sohibqironim bor.

Amiro,menga o'xshab g'amda mu'tod o'lmag'il hargiz,
Asiri jilvayi ul sarvi ozod o'lmag'il hargiz,
Meni mahzun topib,ey ishq,jallod o'lmag'il hargiz,
Yiqildi deb Zaliliyni aduv shod o'lmag'il hargiz,
Madadkorim meni sulton Situqi Bug'roxonim bor.


TUYUQLAR

1

Orazing gulzori jannat bog'idur,
Tori zulfung jon qushini bog'idur,
Halqayi zunnor zulfung davrida
Kofiri ishq o'lmog'onlar bog'idur.

2

Bodasiz betobmen bu kecha men,
La'ling istab emdi jondin kechamen,
Sohili maqsadg'a yetgaymanmu deb,
Ko'z yoshim daryosida suv kechamen.

3

Benavomen yor ko'zu qoshidin,
Telba ko'nglum kelmas oni qoshidin,
Kofiru mo'min aning hayronidur,
Kufr izhor etti zulfu qoshidin.

4

Ul pari jonimg'a o'tlar yoqadur,
Kuygonim ko'nglig'a yaxshi yoqadur,
Ishqida har yon tushub jaybimg'a chok,
Telbamen piyrohanim beyoqadur.
Категория: SMS SHERLAR, SEVGI HAQIDA SHERLAR (21.10.2013)
Просмотров: 1178 | Рейтинг: 0.0/0